Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun 100 gektardan yer maydoni ajratilib, hududlarning o‘ziga xos arxitektura yechimlari asosida loyihalar amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar va qurilish kompaniyalari rahbarlari bilan birgalikda viloyat uchun ajratilgan maydon loyihalari bilan tanishdi.
100 gektar hududda zamonaviy turar joylar, biznes markazlari, turizm majmualari, ijtimoiy obyektlar va zarur infratuzilma barpo etiladi. Hududning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan.
Loyihalarni sifatli amalga oshirish va yer maydonidan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng hududda qurilish ishlari boshlandi.

