2026-yil 24–26-oktyabr kunlari ona tili va adabiyot fanidan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlarida amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalaniladi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi ma’lum qildi.
Imtihon materiallari amaldagi alifboda tayyorlanadi. Ochiq turdagi test topshiriqlariga javoblar hamda yozma ishlar — esselar ham shu alifboda yozilishi lozim.
Yangi alifboga o‘tish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra, yangi yozuv tegishli muddatdan so‘ng kuchga kiradi. Shu sababli milliy sertifikat imtihonlarida hozircha amaldagi alifbodan foydalaniladi.

