Prezidentimizning 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga muvofiq, Uzun tumani chorvachilikka ixtisoslashtirilgan hududlar qatoriga kiritildi. Bu sohada naslli chorva mollarini ko‘paytirish, mahsuldorlikni oshirish va aholi daromadlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida “O‘ktam Fidoiy” fermer xo‘jaligida 2 milliard so‘mlik, 200 bosh qoramolga mo‘ljallangan naslchilik majmuasi tashkil etilmoqda. Loyihaga 1,5 milliard so‘m kredit jalb qilinib, Rossiyadan 60 bosh naslli qoramol olib kelindi.
Majmua faoliyati natijasida yiliga 170 bosh naslli buzoq yetishtirilib, fermer xo‘jaliklari va aholiga yetkazib beriladi. Shuningdek, 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, go‘sht va sut yetishtirish salohiyati oshirilishi ko‘zda tutilgan.

