Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida Milliy kinologiya markazi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan xizmat itlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yuqori natijalarga erishgan malinuа zotli «Agent» va «Vojib», shuningdek, nemis ovcharkasi zotli «Key» laqabli xizmat itlariga ko‘krak nishonlari topshirildi.
Bojxona xizmatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan itlar va kinologlar kontrabanda, giyohvandlik vositalari hamda boshqa taqiqlangan buyumlarning noqonuniy aylanmasini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Ularning xizmati mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va qonunbuzarliklarning oldini olishga munosib hissa qo‘shmoqda.

