Liftlardan foydalanish tartibi o‘zgaradi

Date:

O‘zbekistonda liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktyabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan nizom 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchi liftlarida qurilish materiallari va chiqindilarini, shuningdek, kabina o‘lchamlariga mos kelmaydigan buyumlarni tashish taqiqlanadi. Portlovchi, tez alangalanuvchi, radioaktiv va o‘ta zaharli moddalarni tashishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Bino boshqaruvchilari liftlarga har oyda kamida bir marta texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi shart. Liftlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik xizmat shartnomalarini rasmiylashtirish va xizmat natijalarini qayd etish «Xavfsiz lift» yagona idoralararo elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, yangi o‘rnatilgan liftlarga kamida uch yillik kafolat beriladi. Kafolat davrida ta’mirlash va ehtiyot qismlarni almashtirish muddati 15 kundan oshmasligi kerak.

Yangi talablar liftlarning texnik holatini nazorat qilish, ulardan xavfsiz foydalanish va yo‘lovchilar hayoti hamda sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiy xizmat sifati oshmoqda

Angor tumanidagi 5-son oilaviy poliklinikada Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy...

Naslli chorva mollari ko‘paytiriladi

Prezidentimizning 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga muvofiq, Uzun tumani chorvachilikka...

9,8 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilingan

Surxondaryo viloyatida aholiga tarqatish uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj...

Xizmat itlarining fidokorona xizmati e’tirof etildi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida Milliy kinologiya markazi tashkil etilganining...
KunTun
KunTun