Ilgʻor tajribalar ommalashtiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanining Yangi Diyor mahallasida tashkil etilayotgan Tomorqachilik maktabida bo‘lib, gidroponika usulida qulupnay yetishtirish jarayoni bilan tanishdi.

Loyiha doirasida 70 sotixli issiqxonada zamonaviy agrotexnologiyalar asosida qulupnay yetishtirilmoqda. Ko‘chatlar parvarishlanib, hosilga kirish bosqichiga kelgan.

Tomorqachilik maktabi aholiga zamonaviy dehqonchilik usullarini o‘rgatish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, kam maydonda yuqori hosildorlikka erishish hamda oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi.

Viloyat hokimi mas’ullarga maktab faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga amaliy ko‘nikmalar berish va ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiy xizmat sifati oshmoqda

Angor tumanidagi 5-son oilaviy poliklinikada Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy...

Naslli chorva mollari ko‘paytiriladi

Prezidentimizning 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga muvofiq, Uzun tumani chorvachilikka...

9,8 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilingan

Surxondaryo viloyatida aholiga tarqatish uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj...

Xizmat itlarining fidokorona xizmati e’tirof etildi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida Milliy kinologiya markazi tashkil etilganining...
KunTun
KunTun