Bir yoqadan bosh chiqarib…

Date:

Boysun tumanining Inkobod mahallasida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yangi zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi. U mahalla hududini Yuqori guzar qishlog‘i bilan bog‘lab, aholining yil davomida xavfsiz va qulay harakatlanishiga imkon yaratdi.

Inkobod soyida hashar yo‘li bilan bunyod etilgan ko‘prikning uzunligi 28, eni 3, balandligi 7 metr. Qurilish ishlariga qariyb 300 million so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, tuman hokimligi tomonidan ham homiylik yordami ko‘rsatilgan.

Bu mahallada so‘nggi besh yil ichida foydalanishga topshirilgan beshinchi ko‘prik hisoblanadi. Ayni paytda yana ikkita ko‘prik qurilmoqda. Ulardan biri Omonxona turizm qishlog‘ini Sahobalar ziyoratgohi bilan bog‘lashi ko‘zda tutilgan.

Yangi ko‘priklar nafaqat mahalla aholisi, balki Omonxonaga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun ham qulaylik yaratib, hududning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun