Ilk qadamdan katta marralar sari

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda boshlandi.

Tadbir Energetika va sanoat muhandisligi, Qurilish va irrigatsiya tizimlari hamda Agrobiologiya fakultetlari talabalari ishtirokida tashkil etildi. Unda yoshlar Mustaqillikning 35 yilligi va yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.

An’anaga ko‘ra, birinchi bosqich talabalariga universitetning ramziy kaliti hamda talabalik guvohnomasining ramziy namunasi tantanali ravishda topshirildi. Kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va samimiy tilaklar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng professor-o‘qituvchilar tomonidan ilk “Mustaqillik darslari” o‘tkazilib, unda Vatanga sadoqat, istiqlol qadri va yoshlarning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun