Yo‘llar yangilandi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida obodlik va qulaylikni oshirishga qaratilgan navbatdagi bunyodkorlik loyihasi yakuniga yetdi. Surxon sohili mahallasida namunaviy loyiha asosida 3 kilometrlik avtomobil yo‘li, velosiped va piyodalar yo‘laklari rekonstruksiya qilinib, hudud zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlandi.

Yangilangan obyektning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, faollar, soha mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda viloyat rahbari yurtdoshlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, yangilangan yo‘l va zamonaviy yo‘laklar aholining xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Yangi qiyofa kasb etgan hudud Termizning yanada obod va ko‘rkam manzillaridan biriga aylanib, bayram arafasida shaharliklar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun