Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa

Date:

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Qiziriq tumanida yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun yana bir muhim bunyodkorlik obyekti foydalanishga topshirildi. Yangi o‘quv yili arafasida tumandagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofada o‘quvchilar va pedagoglar ixtiyoriga berildi.

Ta’lim maskanida o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Sinf xonalari zamonaviy parta va stullar, ilg‘or o‘quv jihozlari hamda interaktiv taxtalar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, zamonaviy kompyuter sinflari tashkil etilib, yoshlarning axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Yangi va zamonaviy maktab — Qiziriq yoshlari uchun munosib bayram tuhfasiga aylanib, ularning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiladi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari mamlakatimizda ta’limga, yoshlar kelajagiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun