Orolda suv hajmi ortmoqda

Date:

Orol dengizini tiklash va uning ekologik ahamiyatini saqlab qolish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. So‘nggi yillarda Shimoliy Orolda suv hajmining ortishi ijobiy ekologik o‘zgarish sifatida baholanmoqda.

So‘nggi 4 yilda Shimoliy Oroldagi suv hajmi qariyb 5 milliard kub metrga oshib, 23,4 milliard kub metrga yetdi. Bunda Sirdaryodan dengizga yo‘naltirilayotgan suv oqimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan yil oktabridan buyon dengizga 1,2 milliard kub metr suv yetkazib berilgan.

Ayni paytda suv oqimi sekundiga qariyb 14 kub metrni tashkil etmoqda. Vegetatsiya davri yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 100–150 kub metrga yetkazish rejalashtirilgan. Yaqin istiqbolda Shimoliy Oroldagi suv hajmini 34 milliard kub metrga yetkazish maqsad qilingan.

Mutaxassislar bu natijada davlatlararo suv kelishuvlari va hamkorlik muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, suv hisobini avtomatlashtirish, gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish va transchegaraviy suv resurslarini samarali boshqarish ishlari davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun