Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Date:

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Sport festivali” Sariosiyo tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabida yakunlandi.

Festival davomida mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat hamda shashka sport turlari bo‘yicha qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbolda Oltinsoy tumani jamoasi, voleybolda esa Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, stol tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Shohjahon Xoliqov (Sariosiyo tumani), ayollar o‘rtasida Shabnam Doniyeva, shashka bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Shavkat Umarov (Muzrabot tumani), ayollar o‘rtasida Dilshoda Omondavlatova (Bandixon tumani), shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida esa Nabi Ravshanov (Oltinsoy tumani) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalarda faol ishtirok etgan sportchilar o‘zlarining mahorati, intilishi va sog‘lom raqobat ruhini namoyon etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun