Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Date:

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati bilan cheklovlar emas, imkoniyatlar muhim ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Ularning sport maydonlaridagi muvaffaqiyatlari nafaqat yuksak natija, balki jamiyatda inklyuzivlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida para pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Olti kun davom etgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafarga yaqin para sportchi 60 ta dastur bo‘yicha 180 ta medal uchun bahs olib bordi.

Musobaqada Surxondaryo viloyati jamoasi munosib ishtirok etib, 3 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Jamoa hisobiga jami 17 ta medal yozildi. Bu natija viloyatda para sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy samarasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun