Tizim takomillashtirilmoqda

Date:

Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy e’tiborda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Termiz tumaniga tashrifi davomida Orol mahallasidagi “Oila maskani” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida markazda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar, oilalar barqarorligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, markaz faoliyati samaradorligini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun