Sel oqibatlari bartaraf etilmoqda

Date:

Joriy yilning 21-iyun kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Sariosiyo tumanidagi Obizarang kanalining qariyb 3 kilometr qismi loy, qum va toshlar bilan to‘lib, suvning erkin oqishiga to‘sqinlik qildi. Bu holat 17 mingdan ortiq aholi hamda 3 ming gektar ekin maydonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlashda jiddiy muammo yuzaga keltirdi.

Vaziyatni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar va mahalla aholisi hamkorligida hashar yo‘li bilan maxsus texnikalar jalb etilib, kanalni tozalash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Yaqin kunlarda ishlar yakunlanib, Obizarang kanalida suv oqimi to‘liq tiklanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun