Matbuot — ishonch ko‘prigi

Date:

Boysun tumanida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda jurnalistlar, axborot xizmatlari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari hamda soha faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, davlat va xalq o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, islohotlar hamda bunyodkorlik ishlarini aholiga tezkor va xolis yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollarining jamoatchilik fikrini shakllantirish, inson qadrini ulug‘lash yo‘lidagi fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.

Bayram yakunida bir guruh soha vakillari Boysun tumani hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun