Bitiruvchi yoshlar bandligi – e’tibor markazida

Date:

Yoshlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasining 1 824 nafar bitiruvchisi onlayn ishtirok etib, bandlik, kasbiy faoliyat va kelajak rejalari yuzasidan o‘z taklif hamda murojaatlarini bildirdi.

Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilda Termiz davlat universitetini 4 ming nafardan ortiq talaba tamomlamoqda va ularning 65 foizi bugungi kunga qadar ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, bojxona, aeroport, tog‘-kon va neft-gaz sohalarida ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar uchun tegishli tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Ochiq muloqot yoshlarning bandligini ta’minlash, mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun