Zamonaviy va qulay…

Date:

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi hayot” mahallasida joylashgan 67-son umumta’lim maktabi hududida qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi olib borilmoqda.

Umumiy qiymati 5 milliard 89 million so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etilmoqda. Qurilish ishlari belgilangan reja asosida jadal va sifatli amalga oshirilmoqda.

Yangi bino foydalanishga topshirilgach, maktabning o‘quv quvvati sezilarli darajada oshadi hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratiladi. Bu esa ta’lim sifatini yanada yaxshilash va yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, mazkur bunyodkorlik ishlari davlat tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, kelajak avlodning barkamol va bilimli bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy va qulay…

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining...

Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni...

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...
KunTun
KunTun