Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

Date:

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni doirasida muhim kelishuvlar hayotga tatbiq etilmoqda. Qirg‘iziston tomoni ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatiga qarashli bo‘lgan Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo qishloqlari Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu hududlarda yashovchi aholiga Qirg‘iziston fuqaroligi berilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur aholi punktlari evaziga O‘zbekistonga chegara hududida teng maydonli yer uchastkalari berilgan. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida 236 gektarlik teng qiymatli yer maydonlarini almashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.

Tomonlar fikricha, bu qaror Qirg‘izistonning Botken viloyati uchun muhim transport yo‘lagini barpo etish imkonini yaratadi. Natijada ayrim hududlar o‘rtasidagi masofa 225 kilometrdan 55 kilometrgacha qisqarishi kutilmoqda.

Mutasaddilar bunday kelishuvlar chegara masalalarini tinch yo‘l bilan hal etish, qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda mintaqada transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun