Surxondaryo viloyatidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari hamda oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilaridan iborat guruh Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi yozgi oromgohga jo‘natildi.
Mazkur tashabbus bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va sog‘lom hordiq chiqarishini ta’minlashga xizmat qiladi. Oromgohda bolalar sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va qiziqarli mashg‘ulotlarda ishtirok etib, yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bolalarning xavfsizligi, salomatligi va sifatli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

