Natija qarovga bogʻliq

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar, xususan, g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi.

Fermerlar va soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mavsumiy ishlarni samarali tashkil etish, texnika va resurslardan unumli foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, g‘alla maydonlarida o‘rim ishlari ko‘zdan kechirilib, hosilni qisqa muddatlarda va talafotsiz yig‘ib olishning ahamiyati ta’kidlandi. Bu esa nafaqat dehqon mehnati samaradorligini oshirish, balki viloyatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun