Qizlar ham yetakchi

Date:

Bugungi kunda sport sohasida qizlarning faolligi tobora ortib, ular yuksak natijalari bilan tengdoshlari uchun ibrat bo‘lmoqda. Ayniqsa, og‘ir atletika kabi murakkab sport turlarida qizlarning faol ishtiroki sog‘lom va irodali avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida og‘ir atletika bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi olimpiadasi” bellashuvlari o‘tkazildi. Unda viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar 8 ta vazn toifasida o‘z mahoratini namoyish etdi.

Musobaqa yakunida eng kuchli sportchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medallar bilan taqdirlandi. Bellashuvlar yoshlar, ayniqsa qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va kelajak olimpiyachilarini saralashda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun