Shahzoda sovrindor bo‘ldi

Date:

Vyetnamning Da Nang shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqa yosh sportchilar uchun xalqaro maydondagi mahoratini namoyish etish va qit’aning eng kuchli polvonlari bilan bellashish imkoniyatini yaratdi.

Musobaqada ayollar kurashi yo‘nalishida ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi tarbiyalanuvchisi Shahzoda Azimova yuksak mahorat, matonat va g‘alabaga bo‘lgan intilish namunasini ko‘rsatdi.

Murosasiz bahslar yakunida sportchimiz faxrli 3-o‘rinni egallab, Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu natija nafaqat Shahzoda Azimovaning, balki Surxondaryo sporti rivojida erishilgan muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun