Qurilishda byurokratiya qisqaradi

Date:

Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, qurilish sohasida davlat xizmatlari yanada soddalashtirilib, tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ sarfi sezilarli darajada qisqartiriladi.

2026-yil 1-sentyabrdan arxitektura va shaharsozlik bo‘yicha bir nechta xizmatlar yagona tizimga birlashtiriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish esa “1 ta ariza – 1 to‘lov” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, binoning mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan ayrim loyiha o‘zgarishlarini qayta kelishish talabi bekor qilinadi. Davlat xizmatlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha 5 ish kuni beriladi.

Yangi tartiblar qurilish jarayonlarini tezlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini yaratishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-sentyabrdan esa yirik qurilish obyektlarida videokuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun