Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hamda ilgari berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi.
Shaffof mahallasida olib borilgan obodonlashtirish ishlari, ko‘p qavatli uylarning ta’mirlanishi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi. O‘rganishlar davomida mas’ullarning hisobotlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni yanada obod qilish va aholi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur nazorat ishlari hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

