“Salomatlik marafoni” boshlandi

Date:

Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bugungi kunda eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda profilaktik tibbiy ko‘rik va skrining tadbirlariga aholining keng qatlamlarini jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Boysun tumanida “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbiriga start berildi. Tadbir Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 31-oktyabrdagi 335-sonli hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2025-yil 5-noyabrdagi 131-T-sonli buyruqlari ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, 2026-yil 1-iyundan 30-iyungacha tuman hududida keng qamrovli tarzda o‘tkaziladi.

Marafonning asosiy maqsadi yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, saraton kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish, erta diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish va sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Tadbirning tantanali ochilish marosimi tumandagi “Boysun bahori” turizm majmuasi hududida bo‘lib o‘tdi. “Salomatlik marafoni” aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun