Faollar eʼzozda

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar doirasida Termiz shahrida “Vatan tayanchi” otryadining faol a’zolariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

Tantanali marosimda harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Imtiyozli tavsiyanomalar o‘qishdagi yutuqlari, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarga topshirildi. Mazkur rag‘bat yoshlarni yanada faol bo‘lishga undash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun