Infratuzilmada muhim o‘zgarish

Date:

Bugungi kunda yurtimizda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, infratuzilmani rivojlantirish, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
So‘nggi yillarda Oltinsoy tumanidagi “Sayrak” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammolardan biri — elektr ta’minotidagi uzilishlar edi. Bu holat nafaqat aholiga, balki ta’lim muassasalari, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlik faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatar edi.
Prezidentimiz tomonidan 2024-yil avgust oyida qabul qilingan 124-sonli farmon ijrosini ta’minlash maqsadida joylardagi dolzarb ijtimoiy muammolar chuqur o‘rganildi. Ushbu jarayonda Oliy Majlis, viloyat va tuman kengashlari deputatlari faol ishtirok etdi. Natijada eng muhim masalalar asosida grant tanlovlari tashkil etildi.
Quvonarlisi, ushbu tanlovda “Sayrak” mahallasi ham faol ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin oldi. Loyiha doirasida qariyb 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan 1 ta yangi transformator o‘rnatildi, 104 dona zamonaviy beton elektr ustunlari o‘rnatish uchun tayyorlandi va joylarga ko‘mildi. Shuningdek, umumiy uzunligi 3500 metrni tashkil etuvchi xavfsiz va zamonaviy SIP kabellari, ochiq simlar hamda zarur elektr jihozlari xarid qilindi.
Transformator ishga tushirildi, ustunlar o‘rnatildi va elektr tarmoqlari tortildi. Montaj ishlari esa so‘nggi bosqichga yetgan.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallada istiqomat qilayotgan 5 ming nafardan ortiq aholi uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Bu esa nafaqat aholining kundalik hayotini yengillashtirdi, balki maktablar, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy obyektlar faoliyatini ham yanada samarali tashkil etish imkonini berdi.

A.Egamberdiyev,
Xalq deputatlari oltinsoy tuman kengashi deputati
A.Esanov
Kotibiyat bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun