Boysun osmonida 35 xil rang

Date:

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Mazkur madaniy anjuman nafaqat hudud, balki mamlakatimizning boy merosi va turizm salohiyatini namoyon etuvchi muhim maydonga aylanib bormoqda.

Festivalning eng yorqin va esda qolarli lahzalaridan biri — havo sharlari tomoshasidir. Ayni damda osmonga ko‘tarilayotgan rang-barang sharlar bayramga o‘zgacha joziba bag‘ishlamoqda. Ayniqsa, mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 ta havo sharining parvozi ramziy ma’no kasb etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda. Bu manzara Boysunning moviy osmonida erkinlik, taraqqiyot va birlik timsoli sifatida namoyon bo‘lmoqda.

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bugungi kunda milliy madaniyatimiz, qadimiy an’analarimiz va boy folklor merosimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, festival hududning turizm jozibadorligini oshirib, Boysunni xalqaro miqyosda yanada tanitishga xizmat qilmoqda.

Bunday tadbirlar nafaqat madaniy almashinuvni kuchaytiradi, balki yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlaydi. “Boysun bahori” esa ana shunday ulug‘ maqsadlarga xizmat qilayotgan, yuraklarni birlashtiruvchi va yurtimiz sha’nini dunyoga tarannum etuvchi beqiyos bayramdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun