Tajriba almashishdi

Date:

Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni keng joriy etish maqsadida hududlar kesimida tajriba almashish tashriflari yo‘lga qo‘yildi.

Rejaga muvofiq, Sho‘rchi tumanidagi 9- va 20-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga viloyatning barcha hududlaridan direktorlar tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarini bevosita o‘rgandilar.

Tashrif davomida “Ilk qadam” dasturi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda bolalar rivoji uchun yaratilgan sharoitlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Bunday amaliy uchrashuvlar hududlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun