Matonati ibratdir

Date:

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim bilmaydi, o‘z tomorqasida 8 sotix yer maydonida o‘ndan ortiq turdagi ko‘katlar hamda mevali daraxtlarni parvarishlab kelmoqda. U hatto qish faslida ham aholini mahsulot bilan ta’minlash maqsadida uyida issiqxona tashkil etgan.

Ko‘rish imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, u yerida nima ekilganini, qanday parvarish qilish kerakligini mukammal biladi va o‘z mehnati evaziga barqaror daromad topmoqda. 2024-yil avgust oyida uning mehnati e’tirof etilib, “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

Tumani hokim Abdulla Mamatqulov At-Termiziy mahallasida istiqomat qiluvchi G.O‘sarovaning xonadonida bo‘lib, uning hayoti va mehnati bilan yaqindan tanishdi. Qahramonimizning kuchli iroda va mehnatsevarligi e’tirof etilib, ibrat qilib ko‘rsatildi. Insonni cheklaydigan narsa ko‘z yoki tana emas, balki iroda yo‘qligidir. Gulnora opa o‘z mehnati va matonati bilan nafaqat o‘z hayotini, balki atrofdagilar uchun ham ibrat maktabini yaratgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun