Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Date:

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida “Yangi turmush” mahallasida ishchi guruh ishtirokida xonadonbay o‘rganish ishlari tashkil etildi. Ushbu tashabbus aholining ijtimoiy holatini o‘rganish va muammolarni joyida hal etishga qaratildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy profilaktika obyekti sifatida qayd etilgan hamda ushbu toifaga tushish ehtimoli mavjud bo‘lgan fuqarolarning holati tahlil qilindi. Ularning murojaat va muammolari tinglanib, bir qismi joyida hal etildi.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, ularning sog‘ligi va ijtimoiy sharoiti o‘rganildi hamda zarur yordam choralarini ko‘rish belgilandi.

Bunday tizimli o‘rganishlar aholining ijtimoiy muammolarini erta aniqlash, ularni samarali hal etish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa mahallalarda barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun