2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda Superliga va Pro-liga futbolchilari 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod etiladi. Shu bilan birga, klublar futbolchilar uchun ijtimoiy soliqni atigi 1 foiz stavkada to‘laydi.
Davlat tomonidan ham futbolni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda: Superliga klublariga 2026-yilda 35 mlrd so‘m, keyingi yillarda bosqichma-bosqich kamayib boruvchi mablag‘lar ajratiladi.
Mazkur o‘zgarishlar futbolchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, klublarning moliyaviy yukini yengillashtirish hamda milliy futbol raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

