Kitobxonlik — kelajak poydevori

Date:

Yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu yo‘nalishda amalga oshirilgan muhim tashabbus doirasida Jarqoʻrgʻon tumanidagi 14-maktab o‘quvchisi Jo‘rayeva Nilufar 500 dan ortiq badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilgani uchun tuman prokurori tomonidan 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur rag‘bat yoshlar o‘rtasida kitobga mehrni kuchaytirish, ularni keng dunyoqarashli va intellektual salohiyatli etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunday e’tibor va qo‘llab-quvvatlash esa kelajakda yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan bilimli avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun