Xalqaro tibbiyot olimpiadasi o‘tkazildi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Termiz–2026” I Xalqaro tibbiyot olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur nufuzli tadbirda Tojikiston, Qirg‘iziston hamda boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro universitetlar jamoalari ishtirok etdi. Olimpiada doirasida 100 nafardan ortiq iqtidorli talabalar, shuningdek, 10 dan ziyod xorijiy va 50 dan ortiq respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari jam bo‘lib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir talabalar uchun nafaqat bilimlar bellashuvi, balki ilmiy tajriba almashish, akademik hamkorlikni mustahkamlash va yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Ishtirokchilar tibbiyotning 10 ta yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari, og‘zaki savol-javoblar, vaziyatli masalalar hamda amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ayniqsa, klinik tafakkur, murakkab holatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati alohida baholandi.

Yakunlarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, ular diplom, statuetka, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun