Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Date:

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz ham mamlakatimizda o‘tgan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan murojaatnomasini Oliy Majlis va xalqimizga yo‘lladilarki, unda yil sarhisobi bilan bir qatorda kelgusida rejalashtirilgan 6 ta ustuvor vazifa ham aks etadi. Shuningdek, Murojaatnomada bugunning dolzarb mavzusi hisoblangan davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Unda mahalliy darajada vakolatlarni qayta taqsimlash, hokimiyat organlari mas’uliyatini oshirish va mahalliy kengashlar rolini kuchay-tirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar.
Jumladan, Murojaat-nomada: mahalliy kengashlarning nazorat vakolatlarini kengaytirish, hokim-larning kengash oldida hisobdorligini kuchaytirish, markazdan joylarga vakolatlarni o‘tkazish orqali hudud-larning mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlarini oshirish, davlat boshqaruvida ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlar ilgari surildi.
Bu o‘zgarishlar natijasida mahalliy kengashlar faqat rasmiy organ emas, balki haqiqiy xalq vakili sifatida faoliyat yuritishi, hokimiyat esa qaror qabul qilishda aholi fikrini inobatga olishi kerakligi ta’kidlandi. Ana shunday muhim taklif va uning ijrosi sifatida, respublikamizdagi barcha tuman va shaharlarda deputatlar orasidan mahalliy kengashlarga rais saylandi. Bu jarayon aslida 2025-yilda viloyatlar va Toshkent shahrida joriy etilgan bo‘lib, bu holat endi joylarda, xususan, hokimiyatning bo‘linish prinsipi shahar va tumanlar darajasida ham rasman qaror topdi.
Aynan 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning XXI bobi “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari” deb nomlanib, unda Kengash raisining faoliyat tartibi batafsil izohlangan. Xususan, Bosh Qomusimizning 120-moddasiga ko‘ra viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Shu sabab ham o‘tgan 2025-yilning 29-30-dekabr kunlari butun respublikamizda, jumladan, viloyatimizdagi 14 ta tuman, bitta shaharda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar sessiyalari o‘tkazilib, deputatlar orasidan kengash raislari belgilangan tartib asosida saylandi. Buning natijasida:
— birinchidan, mahalliy darajada, quyi bo‘g‘inda demokratiyaning muhim talabi bo‘lmish hokimiyatlar bo‘linish prinsipining amaldagi ijrosi ta’minlandi;
— ikkinchidan, joylarda ijro (hokim) va vakillik (Kengash) organlari o‘rtasida “bir-birini tiyib turish” mexanizmi amalda ishlaydi. Bu esa hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini oshirishga olib keladi;
— uchinchidan, endi deputatlar o‘z saylovchilarini qiynab turgan muammolar yuzasidan, ijro organiga “istihola” qilmasdan, ya’ni bemalol talab qo‘yadi;
— to‘rtinchidan, saylovchilarning Kengash va o‘z deputatiga nisbatan ishonchi ortadi;
— beshinchidan, xalq manfaatlarini to‘liq ta’minlashga, hokimliklar faoliyati ustidan Kengashlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga asos yaratildi.
Demak, mahalliy darajada davlat hokimi-yatini transformatsiya qilish, tom ma’noda, xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlar bardavom bo‘lib, respublika mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marta mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilish ishlari qat’iy kuchga kirdi. Shu tariqa, 2026-yil 1-yanvardan boshlab kengashlarga hokimlarning raislik qilishi tuman, shahar darajasida ham barham topdi.
Senat axborotiga ko‘ra, 2025-yilning 29-30-dekabr kunlari xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi raisi etib saylanganlarning 31 nafari ayollar (14,9 foiz), 18 nafari boshqa millat vakillari (8,5 foiz), 203 nafari oliy ma’lumotli (97,5 foiz), 21 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan (10 foiz), 8 nafari ilmiy daraja va unvonga ega (4 foiz). Bu raqamlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda ayollar o‘rni, gender tenglik tamoyili va albatta, siyosiy jarayonlarning hayotga nechog‘lik tatbiq etilayotganligidan dalolatdir.
Xulosa qilib aytganda, hokimiyat — ijro etuvchi, mahalliy kengashlar esa nazorat va vakillik qiluvchi organ sifatida davlat boshqaruvida o‘zaro muvozanatni ta’minlaydi. Prezident murojaatnomasida belgilanganidek, islohotlar ushbu muvozanatni yanada mustahkamlab, demokratik boshqaruvni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Dilbar NORMURODOVA,
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun