“QVZda bo‘sh kelmadik”

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun o‘tgan yil unutilmas va sharafli yil bo‘ldi. Jamoamiz joriy yilda nafaqat bilim va jonkuyarlik bilan, balki jamoaviy ruh va mas’uliyat bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Biz “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Voha ligasi” kabi nufuzli bellashuvlarida ishtirok etib, saralashdan yarim final va finalgacha yetib bordik. Bu natija orzu, mehnat va olijanob maqsadlarning samarasidir.
Eng quvonarlisi shundaki, Xorazm viloyatidagi Avesto amfiteatrida bo‘lib o‘tgan katta QVZ festivalida ishtirok etdik. Finalda Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo kabi hududlarning kuchli jamoalari bilan o‘zaro bahs olib bordi. Har bir jamoa kuchli, iqtidorli va mahoratli yoshlarni o‘zida jamlagani uchun ham g‘olibni aniqlash qiin kechgani aniq. Ana shunday qizg‘in kechga baxslarda 8 ta viloyat jamoalari orasida 3-o‘rinni egalladik.
Musobaqa davomida nafaqat aktiyorlik, bilim, notiqlik, tezkor fikrlash, jamoa bilan ishlash qobiliyatlarimizni ham oshirdik. Jamoaviy chiqishlar, birdamlik va o‘z ustimizda tinmasdan mehnat qilishimiz, ustozlarimiz qo‘llovi — yutuqlarimizning poydevori bo‘ldi.

Suxrobjon XIDIROV,
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yoshlar siyosati bo‘yicha rektor maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun