Rekonstruksiya ishlariga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Termiz xalqaro savdo markazi” Afg‘oniston va Janubiy Osiyo davlatlari bilan savdo-sotiqda tobora muhim logistik hab sifatida shakllanib bormoqda.

Joriy yilning 11 oyi davomida “Ayritom” chegara posti orqali 1,01 million nafar fuqaro harakatlangan. Transport vositalari harakati esa 247,4 mingtaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 56 foiz ko‘paygan.

Ortgan yuk va yo‘lovchi oqimi, harakat tezkorligi hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida post infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish zarurati mavjud. Shu maqsadda, bugun “Ayritom” chegara postida qayta rekonstruksiya qilish loyihasiga start berildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, rekonstruksiya doirasida amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek, “Bobotog‘” bojxona punkti qurilishi bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bojxona boshqarmasi mutasaddilarining axborotlari tinglanib, loyihalarni eng zamonaviy texnologiyalar asosida, yuqori sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun