1,5 milliard evaziga

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi uchun zamonaviy laboratoriya markazi ochildi. Ushbu markaz “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan taklifga ajratilgan 1,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi.

Markazdagi jihozlar nafaqat zamonaviy, balki qurilish sanoatida real qo‘llaniladigan texnika va uskunalardan iborat bo‘lib, bu yerda talabalar o‘z bilimlarini amaliyotda sinab, puxta ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, professor-o‘qituvchilar esa ilmiy tadqiqotlarini yuqori darajada olib borishi mumkin.

Laboratoriyada beton, armatura, asfalt va bitum kabi qurilish materiallari tekshiriladi. Shuningdek, yo‘l qurilishi uchun maxsus uskunalar hamda energiya samaradorligi va temir-beton konstruksiyalarini sifat tekshiruvi uchun zamonaviy testlar o‘tkaziladi.

Yangi laboraboriya ochilishida universitet rektor R.To‘rayev, professor-o‘qituvchilar, bo‘lajak muhandis talabalar ishtirok etdi. Ushbu maskan orqali universitetdagi ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanishi, talabalarni raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash va sanoat bilan hamkorlik yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun