Servis va sanoat markazi ishga tushirildi

Date:

Prezidentimizning hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida hokimliklar zaxirasidagi bo‘sh yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, kollektor ustini zamonaviy usulda yopish orqali hosil bo‘lgan maydonlarda yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Mazkur loyihalar doirasida Qiziriq tumanidagi “Oqjar” mahallasidan qiymati 37,5 milliard so‘m bo‘lgan yirik servis va sanoat markazi foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida 150 ta xizmat ko‘rsatish va servis obyekti, shuningdek, 17 ta sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sexi tashkil etildi hamda 220 ta ish o‘rni yaratildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bunday loyihalarning amalga oshirilishi hududning iqtisodiy barqarorligi va aholi turmush farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, shu hududning o‘zida 4 qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, shuningdek, 5 gektar maydonda barpo etiladigan bozor va xizmat ko‘rsatish binolari bo‘yicha loyiha-takliflar taqdimot qilindi. Uchrashuv yakunida loyihalarni hududning holati va iqtisodiy samaradorligi nuqtayi nazaridan yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kim fazoga uchadi?

O‘zbekistonning ilk milliy kosmonavti 2028-yil oktyabriga qadar fazoga uchirilishi...

Timsolimiz Oq bo‘ri

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning Jahon chempionati uchun...

Ekologiyaga zarba

Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan noyob pushti saqoqqushni noqonuniy...

Niderlandiya bilan muloqot: Surxondaryo uchun yangi imkoniyatlar

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda...
KunTun
KunTun