Koʻprik foydalanishga shay

Date:

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41 avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi, Sherobod daryosi ustidan qurilgan yangi ko‘prik tantanalar bilan foydalanishga topshirildi. Mazkur ko‘prik Sherobod, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on va bir qator boshqa yaqin tumanlarni o‘zaro bog‘laydigan muhim transport arteriyasiga aylanadi.

Loyihaning ishga tushirilishi hududlararo qatnovni yengillashtiradi, iqtisodiy aloqalar, savdo va logistika jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Tantanali marosimda Sherobod tuman hokimi Usmon Alimov, sektor rahbarlari, nuroniylar va madaniyat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan tuman hokimi Usmon Alimov tumandagi aholiga yangi inshootning foydalanishga topshirilishi bilan tabrik yo‘llab, ushbu ko‘prik hududning rivojlanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Yangi ko‘prikning ochilishi tuman hayotida yana bir muhim bosqich bo‘lib, aholiga qulaylik yaratish, hududlarning integratsiyasini kuchaytirish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaBayramga tuhfa
Keyingi sahifaIlhom va ijod parvozida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun