Yoshlarga quloq tutildi

Date:

Surxondaryoda yoshlar bilan ishlashga qaratilgan davlat siyosati doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi muloqot o‘tkazildi. Shahar va tuman studiyalari orqali o‘tgan uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Muloqot yakunlariga ko‘ra, 54 nafar yoshga tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit ajratish, 30 nafarini ishga joylashtirish, 12 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 11 nafariga dehqonchilik uchun yer maydoni berish ko‘rsatmasi berildi. Shuningdek, 10 nafar yosh probatsiya nazoratidan chiqariladi, 9 nafarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi va 4 nafarga subsidiya asosida asbob-uskuna xarid qilib beriladi.

Yoshlarning xorijiy til va haydovchilik kurslari, moddiy yordam, “Yoshlar daftari”ga kiritish kabi yo‘nalishlarda ham qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Ushbu tashabbuslar yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi va jamiyatda mustahkam o‘rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Viloyat hokimi muloqotlarning qamrovini yanada kengaytirish, hududlarda ham muntazam uchrashuvlar tashkil etish va har bir yoshning murojaatiga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun