Ekologik tadbirlarga start berildi

Date:

Prezident Farmoni asosida ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha respublika miqyosida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Surxondaryo viloyatida ham yashil maydonlarni ko‘paytirish, daraxt va nihollarni parvarish qilish, sug‘orish, yo‘llarni suv sepish kabi tadbirlar jadallashmoqda.

Hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi idoralar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, havoni ifloslantiruvchi korxonalar va issiqxonalar ustidan nazoratni kuchaytirish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish maqsadida issiqlik manbalariga zamonaviy filtrlar o‘rnatish topshirildi. Bugundan boshlab barcha sohaviy xizmatlar ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlarni faol davom ettirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun