Eng yaxshilar taqdirlandi

Date:

“Prezident olimpiadasi” sport musobaqalari o’z yakuniga yetdi. Musobaqalarning tantanali yopilish marosimida sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda musobaqa tashkilotchilari yil davomida erishgan yutuqlari uchun bir qator nominatsiyalar bilan taqdirlandilar.

Ular orasida alohida e’tirofga sazovor bo‘lganlardan biri — “Og‘ir atletika sport turida lider bo‘lgan delegatsiya” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi bo‘ldi.

Bu natija Surxondaryo sportchilari va murabbiylarining mehnatsevarligi, izchil tayyorgarligi hamda sportga bo‘lgan yuksak e’tiborining yana bir isboti bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari ushbu yutuq kelgusida yanada katta marralarni zabt etish uchun kuchli motivatsiya bo‘lishini ta’kidladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun