Shoh parda 3D-printerda bosilsa…

Date:

2025-yil oktyabr oyida Isroildagi Rambam Eye Instituti klinikasida dunyoda ilk bor inson hujayralaridan tayyorlangan 3D-biobosma shoh parda muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi. Bir ko‘zi ko‘r bo‘lgan bemor ushbu implant orqali ko‘rish qobiliyatini qayta tikladi.

Precise Bio kompaniyasi yaratgan texnologiya bitta donor shoh pardasidan 300 tagacha yangi implant tayyorlash imkonini beradi, bu esa global donorlik tanqisligini bartaraf etishga katta imkoniyat yaratadi. Biobosma shoh parda tirik hujayralardan o‘stirilgani bois, tabiiy shoh pardaga teng optik va biomexanik xususiyatlarga ega.

Implantlar muzlatilgan holda saqlanishi va istalgan vaqtda transplantatsiya uchun tayyor bo‘lishi davolash jarayonini tezlashtiradi hamda donorlar yetishmaydigan hududlar uchun ham imkoniyat yaratadi. Hozirda jarayon klinik sinovlarning birinchi bosqichida bo‘lib, uning asosiy maqsadi xavfsizlik va bardoshlilikni tekshirishdir.

Ijobiy natijalar kelajakda bu texnologiyani keng qo‘llashga, donor to‘qimalariga qaramlikni kamaytirishga va boshqa to‘qimalarni biobosma orqali yaratish imkoniga yo‘l ochadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun