Masofa qisqa va xavfsiz

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida aholining qulay harakati va mahallalararo bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyiha yakunlanib, “Ko‘ganli” va “Arig‘oshgan” mahallalarini bog‘lovchi yangi ko‘prik tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Anvar Normamatov, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida qayd etilishicha, ko‘prikning qurilishi ikki mahalla aholisi uchun yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan xavfsiz o‘tish masalasini hal etdi hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni sezilarli kuchaytiradi.

Zamonaviy standartlar asosida barpo etilgan ko‘prik natijasida:

* mahallalar o‘rtasidagi masofa qisqardi;

* o‘quvchilarning maktabga qatnovi yanada xavfsiz bo‘ldi;

* tadbirkorlar va fermerlar uchun transport harakati qulaylashdi.

Loyiha tumanda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga muhim qo‘shimcha bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun