9,3 foizdan 5,5 foizgacha…

Date:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan 9 oyida 23,3 ming oila kambag‘allikdan chiqarildi. Natijada, viloyatda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 9,3 foizdan 5,5 foizgacha qisqardi.

Viloyat hokimining Jarqo‘rg‘on tumanidagi navbatdagi manzili “Yoshlik” mahallasi bo‘lib, u yerda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, ularni farovon oilalarga aylantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

Tashrif davomida ishlar tashkil etilishida qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Jumladan, xatlov ishlarini sifatli o‘tkazish va chora-tadbirlarni manzilli tashkil etish zarurligi ta’kidlanib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi Eshqobil Mamatmurodov xonadoniga ham borildi. Uning tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha tajribasi bilan tanishildi. Xonadon egasi issiqxonada limon parvarishi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, chorvachilik va parrandachilik kabi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ygan.

Viloyat rahbari xonadon egasi mehnatini yuqori baholab, tomorqasidan samarali foydalanmayotgan fuqarolarni mazkur xonadon tajribasi bilan tanishtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun