SPORT – YOSHLAR HAYOTINING AJRALMAS QISMI

Date:

Termiz davlat universitetida so‘nggi yillarda sport sohasini rivojlantirish, talabalarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Termiz davlat universitetida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yosh sportchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Hokim sport sohasi bo‘yicha prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, zamonaviy sport inshootlari va o‘quv-baza sharoitlari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir chog‘ida Sport faoliyati fakulteti talabalari o‘z yutuqlari, respublika va xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritgan natijalari bilan o‘rtoqlashdilar. Hokim ularning muvaffaqiyatlarini e’tirof etar ekan, yoshlarning sportdagi g‘alabalari viloyat va butun mamlakat faxri ekanligini ta’kidladi.

Termiz davlat universitetida bugungi kunda sport yo‘nalishidagi ta’lim tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Talabalarning har tomonlama rivojlanishi, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Mazkur uchrashuv sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va amaliy qo‘llab-quvvatlashning yaqqol ifodasi bo‘ldi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat sportchilarning, balki barcha talabalarning faolligini oshirishga, ularni sog‘lom, vatanparvar va intiluvchan yoshlar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Elmurod Eshqobilov,

TerDU o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun