Yagona jildda jam

Date:

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi” to‘plamining ilk jildi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli loyiha O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Turkiy madaniyati va merosi fondi tomonidan chop etilmoqda.

Birinchi jildda ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turk va o‘zbek xalqlarining eng mashhur qahramonlik eposlari — “Kitabi Dada Qo‘rqud”, “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Qoblandi botir”, “Manas”, “Rustamxon”, “Murodxon” kabi dostonlar joy olgan.

Bu asarlar nafaqat adabiy yodgorlik, balki turkiy xalqlarning tarixiy xotirasi, jasorat va vatanparvarlik timsoli sifatida katta ahamiyatga ega.

Loyiha turkiy dunyoning yetakchi folklorshunos olimlari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, keyingi jildlarda folklorning barcha janrlarini o‘z ichiga olgan eng sara namunalar chop etilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun