Tajriba ommalashmoqda

Date:

Surxon vohasida qishloq xo‘jaligining yangi usullarini joriy etish va aholining daromad manbaini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, voish usulida uzumchilikni rivojlantirish tajribasi keng yoyilib, samaradorligi bilan o‘zini oqlamoqda. Ushbu usul nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki mahalla ko‘chalarining chiroyiga ham ko‘rk qo‘shadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumani Qarashiq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, aholi xonadonlaridagi tokzorlarni ko‘zdan kechirdi, mahalla “yettiligi” bilan suhbatda infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, “Erkinlik”, “Yangi kuch”, “Yangi hayot”, “Uzunqishloq” va “Kichik jonchekka” mahallalaridan o‘tuvchi 4R-101V avtomobil yo‘lining 7,6 kilometrlik qismida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ham o‘rganildi. Mazkur yo‘l nafaqat transport qatnovini yengillashtiradi, balki qishloqlarning iqtisodiy faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari, tumanda “Yoshlar va turizm” ko‘chasi loyihasi ham hayotga tatbiq etilmoqda. Bu tashabbus yoshlarning madaniy hordiq chiqarishi, tadbirkorlik va turizm sohasida faol bo‘lishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Hokim “Agrobank” ATBning “Uzun agro star” markazi faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan boshqa loyihalar bilan ham tanishdi. Voishusulida uzumchilikning keng ommalashishi tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining daromadini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, infratuzilma loyihalari qishloqlarni yanada obod qilmoqda, odamlar turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun